#Choʻlpon - Ozod Turk Bayrami #Özbekçe, Latin harfleriyle #Transkripsiyon: ? #https://www.youtube.com/watch?v=IxNP_tA3X4Y Ko‘z oching, boqing har yon! Qardoshlar, qanday zamon! Shodlikka to‘ldi jahon! Fido bu kunlarga jon! Turkistonlik — shonimiz, Turonlik — unvonimiz,  Vatan — bizning jonimiz, fido o‘lsun qonimiz! Bizlar temir jonlimiz! Shavkatlimiz, shonlimiz! Nomusli, vijdonlimiz! Qaynagan turk qonlimiz! Bo‘ldi kenglik, zo‘rlik yo‘q, Berildi bizga huquq! Taraqqiyga yo‘l ochuq! Jaholatga yo‘l yonuq! Turkistonlik — shonimiz, Turonlik — unvonimiz,  Vatan — bizning jonimiz, fido o‘lsun qonimiz! Muxtoriyat olindi, Ishlar yo‘lga solindi, Milliy marshlar cholindi, Dushman o‘rtansun endi! Shodlik, xursandlik chog‘lar, Ketsun yurakdan dog‘lar, Vatan bog‘indan zog‘lar! Selkullasun bayrog‘lar! Hurriyat — bayrog‘imiz, Adolat — o‘rtog‘imiz, Xursand bo‘lgan chog‘imiz Mevalansun bog‘imiz! Turk beshigi — Turkiston! Yeri oltun, tog‘lari kon! Bolalarn qahramon! Vatan uchun berur jon. Turkistonlik — shonimiz, Turonlik — unvonimiz,  Vatan — bizning jonimiz, fido o‘lsun qonimiz!